- bu tabiiy tuz g'orlarining sun'iy ravishda yaratilib natriy xlor ionlari bilan to'yingan mikroiqlimning inson organizmiga foydali ta'sir ko'rsatishiga asoslangan davolash usuli. Bunday mikroiqlim gipoallergik bo'lib, dori vositalaridan foydalanmasdan nafas yo'llarini samarali tozalash imkonini beradi. Sun'iy mikroiqlim (Galoterapiya) quyidagi ijobiy terapevtik ta'sirga ega: Mukolitik (O'pkadagi bronx yo'llaridan balg'am ko'chiruvchi). Giposensibilizirik (odam organizmidagi allergik sezuvchanlikni susaytiruvchi). Immunoregulyator (insondagi immunitetni oshiruvchi, kuchaytiruvchi). Bakteriosid xamda bakteriostatik (bakteriyalarni o'ldiruvchi xamda bakteriyalar rivojini to'xtatuvchi). Tuzning eng mayda fraktsiyalari, zaryadlangan ionlar holida nafas yo'llariga chuqur kirib, nafas olish o'rganini barcha himoya kuchlarini kuchaytirib, immunitetni oshiradi. Bronxga kirgan tuz, bronxlar bo'shlig'iga yallig'langan qavatdan suyuqliklarni chiqishini kuchaytiradi va o'zi bilan tashqariga kasallangan joydan qotib qolgan bo'lakchalarni chiqib ketishiga yordam beradi. Tuz suyuqlikni tortib oladi va shu bilan yallig'lanishni kamaytiradi. Tuz epiteliya kipriklarining harakatlarini kuchaytiradi va natijada balg'am o'zi bilan birga barcha patogen flora (mikroblar, viruslar, toksinlar)ni olib chiqishib ketishi tezlashadi. Sun'iy mikroiqlim (Galoterapiya) quyidagi kasalliklar bilan og'riganlarga tavsiya etiladi: Bronxial astma 1-darajali yengil va o'rta ogir kechuvchi (infeksion-allergik) turida; O'pka-yurak yetishmovchiligining I-(birinchi) darajasida; Bronxial astmaning surunkali bronxit bilan kechishida; O'pkaning pnevmosklerozi bilan chegaralangan holatda; Bronxial astmaning xuruj oldi xolatida hamda to'liqsiz remissiya davrida; O'pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida; O'pkaning obstuktivsiz kasalliklari (bronxit)da; Rinit (burun bo'shlig'i yallig'lanishi)da; Rinit bronxospazm bilan kechishida; Nafas olish a'zolarining infeksiyasida (ORVI,ORZ va xokazolar); Teridagi allergik toshmalarda; Endemik buqoq (zob)da tavsiya etiladi.
Kedr bochkasi- fitobochka qadimgi an'anaviy shifo va tozalash usuli bo'lib bu muolaja o'ziga xos tabiiy ravishda inson organizmiga yumshoq, stresssiz tasir qiladi. Ushbu muolajaga talab katta bo'lib quyidagi davolash omillariga ega: Fitobochka, aslida, odam boshidan tashqari butun tanasi joylashtirilgani uchun muolaja butun tanaga ta'sir qiladigan va uni toksinlar va bloklardan ozod qiladigan murakkab, tizimli ta'sirga ega. Shu bilan birga, bemor dam olish va relaks, asab tizimining uyg'unligi, mushak og'rig'idan xalos bo'lish, metabolizmni normallashtirish, shamollash va nafas olish tizimining virusli infektsiyalariga qarshi turish, terini yoshartiradigan va to'qimalarni tozalaydigan foydali moddalar bilan to'yintirish xususiyatiga ega. Kedr bochkasi-o'zingizni yaxshi his qilish uchun zarur bo'lgan muolaja bo'lib: bunda dorivor o'tlar va efir moylarining bug'lari qon tomirlarini kengaytiradi va terlashni kuchaytiradi, terini toksinlardan yuvib tozalaydi, shifobaxsh moddalar ochiq tozalangan teshiklarga kiradi. Hatto bitta muolaja ham terining holatini yaxshilaydi, tozalash va tonus tufayli teri yosharadi, elastik va tovlanadigan xolga keladi. Bu davolashning yana bir afzalligi — tayyorlash va o'tkazish qulayligi. Muolaja 15 daqiqa davom etadi. Muolajadan keyin siz tinchlik va xotirjamlik, yoqimli quvnoqlik, tananing g'ayrioddiy yengilligini (go'yo bir necha yil va kilogrammni tashlaganga o'xshash holatni) his qilasiz.
Ingolyatsiya terapiyasi (nafas olish bilan davolash usuli) -dorivor va profilaktika maqsadida havoda to'yintirilgan dorivor va biologik faol moddalarni nafas olish orqali nafas yo'llariga kiritishdir. Bu dorivor moddalar nafas olish yo'llaridagi balg'amning yopishqoqligini pasaytirishi bilan uni nafas yo'llaridan chiqarilishini yaxshilaydi. Undan tashqari bu usul bilan o'pka to'qimalari va nafas yo'llaridagi mikroblarga hamda ular chaqirgan yallig'lanishlarga qarshi juda yaxshi tasir ko'rsatadi.Shu bilan birga ingolyatsion terapiya nafas yo'llari - bronx yo'llarini kengaytirib nafas olishni va oqibatda organizmni kislorod bilan taminlanishini yaxshilaydi. Issiq nam havo bilan nafas olishda nam va issiqlik effekti burun, halqum, kekirdak, traxeya va bronxlarning shilliq qavatini qon bilan taminlanishini keskin kuchaytirib, shilimshiqning yopishqoqligini pasaytiradi, uni yupqalashtiradi va chiqib ketishini tezlashtiradi, kiprikli epiteliyning faoliyatini kuchaytiradi, nafas yo'llarining shilliq qavatining normal holatini tiklashga yordam berib, uning quruqlashib ketishini oldini oladi. Dorivor o'tlar (damlamalar, infuziyalar, ekstraktlar, damlamalar, eliksirlar, sharbat va boshqalar shaklida) barcha turdagi ingalatsiyalar uchun ishlatiladi Ingolyatsion terapiya yuqori nafas yo'llari, bronxlar va o'pkaning o'tkir va surunkali ko'rinishlarida, LOR sohasining o'tkir va surunkali formalarida, obstruktiv sindrom, laringospazm, bronxial astma kasallikllarida va operatsiyadan keyingi davr asoratlarning oldini olishda juda yaxshi samara beradi.