+998-99-554-05-09 | +998-72-392-40-10

Jizzax viloyati, Zomin shahar, Duoba q.f.y.

Zamonaviy dam olish maskani

Biz haqimizda

Zomin sanatoriysi

Jizzax viloyatining eng soʼlim goʼshalaridan biri boʼlgan “Zomin” sanatoriysi” viloyatimizdagi iqlimiy kurort Turkiston togʼ tizmasini shimoliy etaklarida, dengiz satxdan 2200 metr balandlikda qoʼriqxona hududida joylashgan. Maftunkor togʼ manzarasi, musaffo havo, quyosh nurlarini moʼlligi, ulьtrabinafsha radiatsiyasini yuqoriligi, iqlimiy proflaktik va terapevtik muolajalar yaratilgan. Oʼzining noyob tabiati, ignabargli oʼrmonlari, shifobaxsh havosi bilan alohida ajralib turuvchi bu maskan viloyat hududining kattagina qismini tashkil etgan togʼli zonada joylashgan. Togʼ yonbagʼirlarida yovvoyi jiyda, archa, bodom, namatak, zira, rovoch, zirk kabi shifobaxsh oʼsimliklar oʼsadi. Yovvoyi hayvonlardan oq tirnoqli ayiq, tulki, quyon, qaban, boʼrsiq, jayra, burgut, lochin, qora turna, bulduruq, tuvaloq, kaklik kabi qushlarni 150 dan ortiq turlari uchraydi.

Hudud davlat muhofazasiga olingani sababli noyob tabiiy resurslar saqlanib qolingan. Bu yerda Oʼzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob hayvonot turidan 14 tasi va oʼsimliklardan 18 tasi mavjud. Bugun Zomin tumani umumjahon merosi obʼektiga aylanmoqda. Sayyohlarimizning fikricha qaysi fasl boʼlishidan qatʼiy nazar ushbu maskan oʼzining maftunkor tabiati bilan ajrab turadi.

Shu bois atmasfera bosimi nisbatan past, havoning kislorod va quyoshdan kelayotgan ulьtrabinafsha nurga boyligi, yuqor nafas yoʼllari va asab tizmi kasalliklarini davolashda juda samaralidir. Sihatgoh togʼ yon-bagʼrida joylashgan 7 qavatli binodan iborat boʼlib, 1-2 qavatlarida davolash boʼlimi, oshxona, qabulxona va maʼmuriyat joylashgan. Sanatoriyada doimiy ish faoliyatdagi ishchi xodimlarimiz 298, shundan 161 erkaklar, 137 ayollar. Davolash boʼlimi zamonaviy diagnostika apparatlari bilan jihozlangan, ulardan 12 nafar toifali shifokorlar, 66 nafar malakali hamshiralar faoliyat koʼrsatib kelmoqda. Sanatoriy davolanish boʼlimi zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlangan. Laboratoriya, tashxis xonasi, UZI, EKG, stomatologiya, ginekologiya boʼlimlari ishlab turibdi. Bu yerga kelgan har bir davolanuvchi shifokor koʼrigidan oʼtkazilgach, zarur muolajalar tayinlanadi. Davolash jarayonida fizioterapiyadan keng foydalaniladi. Dam oluvchilar 2 ta yopiq suzish havzasi, sauna, fito sauna (kedr bochkasi), maʼdanli, dorivor giyoxli vannalar (xvoy, yod, brom), turli xil dushlar, azona terapiya, uqalash, parafin-ozokrit, balchiq bilan davolash, muolajalaridan ham foydalanishlari mumkin. Sanatoriyda natriy xlorli tuz bilan davolash usulidan ham va zamonaviy ingolyatsiya uskunasidan keng foydalaniladi. Bularning barchasi bemorlarning tez fursatda sogʼayishi va miriqib dam olishiga hizmat qiladi. Sanatoriyda bronxial astma, polinoz, rinit, gaymarit, surunkali bronxit, teridagi toshmali dermotin, asab tizmi kasalliklari, umumiy nevroz kasalliklariga chalingan bemorlar shifo topadi.

Sanatoriyda 640- oʼrinlik oshxona mavjud, ovqatlanish zali 2 ta. Shundan 97 oʼrin alohida keksa faxriylarimiz uchun moʼljalangan, 15 oʼrin parxez stollari mavjud. Parxez shifokori va xamshirasi tavsiyasi bilan parxez stollariga oʼtqaziladi va ularga buyurtma asosida taomlar tayyorlanadi. Undan tashqari dam oluvchilar uchun salatli va vitaminga boy stollar tashkil etilgan. Kunlik bir kishiga 2800-3600 dan kkoloriya toʼgʼri keladi. Bir kunda 15 xil taom 3- maxalga tayyorlanadi. Oshxona 2 smenda ish olib boriladi. 2 smenda 60 nafar ishchi xodimlar faoliyat yuritadi, shundan 21 erkaklar, 39 ayollarni tashkil etadi.

Dam oluvchilarga muolajalardan keyn yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida ularning madaniy-maʼrifiy xordiq chiqarishlari uchun 550 oʼrinli Аmfiteatr kontsert zalida mashxur xonandalar va qiziqchilar ishtrokida chorshanba, juma, yakshanba kunlari kontsertlar tashkil etiladi. Bundan tashqari sanatoriyamizning birinchi qavat diskoteka zalida xar kuni raqslar tashkil etiladi.

Sanatoriyda asosan bronxial astma, surinkali bronxit kasalliklari davolanadi. Ohirgi 2019 yil xisobotiga koʼra sanatoriyamizda yoʼllanma bilan 7680 ta, kursovka bilan 4809 ta, ambulator 8292 ta dam oluvchilar tashrif buyurgan. Sanatoriy barpo etilishi xaqida qisqacha maʼlumot.

1979 yilda Moskva “Soyuzkurortproekt” instituti loyihasi asosida Oʼzbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi byurtmasi bosh pudratchi “Uzagrostroy” Burxonov Ibodilla Fayzullaevich boshchiligidagi MPMK-72 quruvchilari tomonidan sihatgohni qurilish ishlari boshlab yuborildi.

1981 yil fevralь oyida Shavkat Mamatmurodov boshchiligidagi maxsus koʼchma qurilish kalonna quruvchilari tomonidan asosiy bino poydevoriga birinchi gʼisht qoʼyildi.

Аsosiy bino qurilishini keyinchalik 1982-1983 yillar Luis Eman Gregorevich 1983-1985 yillarda Muxammedshin Erkin Аbduraxmonovich boshchiligidagi quruvchilar olib bordilar.

Qurilish ishlarini 1985 yilda maxsus koʼchma qurilishi kalonnasiga rahbarlik qilgan Xen Klementiy Yeliseevich quruvchilari 1988 yil nihoyasiga yetkazdilar. Аsosiy binoni qurib ishga tushirilguniga qadar qurilishda bosh muxandis boʼlib Xushvaqov Shukrullo Neʼmatullaevich faoliyat koʼrsatdi.

1987 yil Inayatillo Latipovich 1987 yildan 2006 yilgacha direktor lavozimida ishlagan.

2006 yil 19 avgustdan boshlab Аxror Аsrorivich Mirziyoev direktor lavozimida 2024 yilgacha faoliyat olib bordi. Sihatgoh milliy zamonaviy meʼmorchilik anʼanalarini oʼzida mujassamlashtirgan holda meʼmorlar va bunyodkorlar tomonidan dam olish va davolanish majmuasini “Katta oq kema” koʼrinishida yarim aylana shaklida bunyod etish uchun usha paytdagi muomalada boʼlgan jami 9 mln. 883 ming rubllik qurilish-montaj ishlarini bajarganlar. Sihatgoh 500 oʼringa moʼljallangan boʼlib, “oddiy”, “yarim lyuks”, “lyuks” va “apartament” xonalar qulay sharoit yaratildi.

2014-2015 yillar mobaynida dam oluvchilarga yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida ularning madaniy-maʼrifiy xordiq chiqarishlari uchun 550 oʼrinli Аmfiteatr kontsert zali qurib, ishga tushirildi. 2015-2016 yillarda sanatoriyning 5-6 qavatlari toʼliq taʼmirlanib, hozirgi kun talablariga mos zamonaviy koʼrinishdagi jihozlar bilan dam oluvchilar uchun yotoqxonalarda qulayliklar yaratildi. 2017-2018 yillarda esa alohida 2 qavatli 132 oʼrinli ona-bola uchun moʼljallangan yangi zamonaviy koʼrinishda bino qurilib, 2018 yil 12 may kuni foydalanishga topshirildi.

2018-yil 17 mayda ayrim vloyatlarda iqlim sharoitlarini oʼzgarishi natijasi , aynan zomin togʼliy va ninabargli archazorlarining xavosi quyosh nurining ulьtrabinafsha nurlari koʼproq tushishi yuqori nafas yoʼli ,asmatik ,alergik hamda asab tizimi kasaliklari bor bemorlarga davolanishlarida yuqori natija berayotganliklari sababli dam oluvchilarni talabi bu maskanga ortganligi tufayli “ Ishchilar shaxarchasi”dagi xonodonlarda ijaraga yotib shifo topayotgan dam oluvchilarga yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida ularga ambulatoriya davolash boʼlimini toʼliq kerakli davolash apparatlar va xonalarni jixozlab ishga tushirildi.

2019- yilda Oʼzbekiston Respublikasining Prizidenti tamonidan chiqarilgan ichki va tashqi turizimni rivojlantirish maqsadida chiqarilgan qonunga muvofiq, sanatoriyning 7-qavati jahon talablari andozalariga toʼliq javob beradigan zamonaviy koʼrinishda qayta taʼmirlandi.Har bir xonalar oʼzgacha estetik did bilan soʼngi dizayinda qattiq va yumshoq mebllari va boshqa turliy kerakli jixozlar bilan bezatilib tijorat qavat sifatida ishga tushirildi 2020 –yilda 4-qavati ham xar tomonlama qulay xozirgi kun talablariga va andozalariga toʼliq javob beradigan zamonaviy koʼrinishda qayta taʼmirlanib ishga tushirildi.

Bir soʼz bilan aytganda siz Oʼzbekistonning eng goʼzal va betakror maskani xalq tilida ikkinchi Shveytsariya nomini olgan “Zomin sanatoriysi” ga.

Hush kelibsiz!

Xizmatlar 24/7

Hamyonbob narxlarda

Sifatli xizmatlar

375

Xodimlar

750

Xonalar

100

Yutuqlarimiz

650

Mehmonlar

Zamonaviy dam olish maskani

Xonalarimiz

Hol 5-floor

Lux room for two people

Lux 2 kishilik xona

Lux room for two people

Lux bedroom

Lux bathroom

Zamonaviy dam olish va sog‘lomlashtirish maskani.

Batafsil